Ochiq eshiklar kunida

Date:

Vatanga muhabbatni tasvirlashga shoir qalami ojizlik qilganidek, bu tuyg‘uni so‘z bilan ifoda etib bo‘lmaydi. Uning xizmatiga otlangan o‘g‘lonlar esa ana shu muhabbat kuchi ila shasht va ishtiyoqqa to‘ladi. Bu yo‘lda shirin jonlarini-da tikib, muqaddas burchni ado etishga kirishadi. Bu yil esa ona vatanimiz mustaqilikka erishganiga 32 yil to‘layotir. Sanoqli kunlardan so‘ng yurtimiz bo‘ylab bayram shodiyonalari boshlanadi.
Ana shunday tantanalarning uchquni Termiz shahridagi harbiy qismda ham alanga oldi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi arafasida harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbirga tashrif buyurganlarda taassurotlar esda qolarli bo‘lishi uchun harbiy qism tomonidan o‘q otish sport musobaqasi ham o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilarning farzandlari va viloyat Mudofaa Ishlari huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi chaqiruvchilari ishtirok etdi.
Ayniqsa, o‘q otish sport musobaqasi qiziqarli bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarining merganliklarini sinab ko‘rish maqsadida raqobatlashdilar. Qizg‘in kechgan raqobatlashuvni kuzatib turgan tomoshabin bolalar ko‘nglida ham aynan harbiylikka, o‘q otishga qiziqish uyg‘ongan bo‘lsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun