Yosh oilalar uchun…

Date:

Ba’zan ajrimlarning sababini, muammoning asl ildizini qidirganimizda yoshlarning hali oila qurishga tayyor emasligi ayon bo‘ladi. Xo‘sh, bunday holatlarning muqobil yechimi bormikan? Bu borada esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qarori munosib yechim bo‘lsa, ajab emas. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Bandixon tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limiga qarashli Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida nikohni rasmiylashtirish uchun ariza qoldirgan yosh oilalar uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida yoshi ulug‘, kayvoni onaxonlarning, mutaxassislarning oilaviy munosabatlar haqida fikrlari, maslahat va tavsiyalari eshittirildi. O‘zaro muhokamalar bilan qiziqarli kechgan mashg‘ulotlar yoshlar uchun foydadan holi bo‘lmadi, albatta. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazining o‘quv mashg‘ulotida faol qatnashgan 15 nafar yosh oilaga Oila va xotin qizlar tuman bo‘limining sertifikatlari topshirildi.

Oldingi sahifaSADAQA
Keyingi sahifaE’tiborning yuksak nishoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Investitsiyalar oqimi oshmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov "Bovillus Finance" kompaniyasi rahbari...

8-mavsum yakunlandi

Termiz shahrida Surxondaryo Volontyorlar maktabining 8-mavsumi bitiruv tadbiri ko‘tarinki...

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....
KunTun
KunTun