E’tiborning yuksak nishoni

Date:

Sariosiyoliklar piru badavlat otaxon Kamol ota Jamilovni yaxshi taniydi, hurmat va e’tibor ko‘rsatishadi. Albatta, hurmat o‘z-o‘zidan qozonilmaydi, e’tiborga tushmaydi. Umrini oilasi va kasbiga bahshida etgan, butun umr halol mehnat, halol rizq bilan hayot kechirib, oilasi va farzandlarini halol luqma bilan ulg‘aytirgan otaxon bugun ulug‘ yoshda farzand-u nabiralarining ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda.
Yillar davomida elga xizmat qilgan, endilikda boy mehnat tajribasi, hayotiy maslahatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotganlarning “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tiborning yuksak namunasidir. Kamol ota Jamilov ham ayni shu nishonga munosib ko‘rildi.
“Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, “Gulobod” MFY raisi A.Ne’matullayev va mahalla faollari ishtirokida Kamol Jamilov xonadoniga borilib, 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun