SADAQA

Date:

Yigit shoshib kelardi. Ko‘zi yo‘l chetida turgan yosh bolali tilanchi ayolga tushdi. Bolasi ochlikdan tamshanib yigitga mo‘ltirab boqdi. Yigit to‘xtab qoldi. Cho‘ntagidagi g‘ijim pulni shundoq oldida, bolachaning kir qo‘llariga tutdi.
Tag‘in yo‘lida davom etdi, ammo qayerga borishni bilmasdi. Bu pul uning dori olish uchun uyidan olib chiqqan so‘nggi puli edi…

KITOB

U kitobdan turfa usullarda foydalandi. Tandirni yoqish uchun tutantiriq qildi. Pista sotish uchun ishlatdi. Asabiga tegayotgan pashshalarga qarata qurol ham qildi. O‘g‘illariga «samolyot» yasab berdi. Va yana… Ammo, biror marta o‘qib ko‘rmadi.

Ta’ziya

— Dadasi, qo‘shni qishloqdagi Mamatursun o‘tib qolibdi. Taziyaga baqirib yurishibdi.
— Qaysi Mamatursun?
— O‘g‘ri Mamatursun bor-ku. O‘n yillar oldin qo‘yimizni o‘g‘irlab ketudi. O‘ziyam rosa…
— O‘chir ovozingni. Bor do‘ppimni olib chiq…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz ko‘chalari ko‘kalamzorlashtirilmoqda

Termiz shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va...

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun qo‘shimcha tovon undiriladi

O‘zbekiston Respublikasida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida inson hayoti...

Bo‘yrachida 3,5 kilometr yo‘l asfaltlanmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining Qarsoqli mahallasiga qarashli Bo‘yrachi qishlog‘ida “Tashabbusli byudjet”...

Zarur koʻmak koʻrsatilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumanida kuzgi...
KunTun
KunTun