Sovg‘asi kitob bo‘ldi

Date:

Mutolaa sevimli mashg‘ulotiga aylangan yoshlar zehnli, fikrini ravon bildiradigan, mushohadali bo‘ladi. Ular qayga borishmasin, go‘zal xulq-atvori, ma’noli fikrlari bilan e’tiborni tortadi, e’tirof etiladi. Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Termiz shahridagi “Bolajon” istirohat bog‘ida tashkil etilgan “Kitob oqshomi” nomli musiqali kechada qatnashgan kitobxon yoshlar xuddi shunday e’tirof etildi.
Musiqali kecha tadbiriga “Bolajon” bog‘iga tasrif buyurgan yosh borki, jalb etildi. Har bir ishtirokchining nechog‘lik kitobxon ekani, bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida savollar berilib, javoblari tinglandi. Bilimli, hozirjavob yoshlar esa shu joyning o‘zida sovg‘a sifatida o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun