Talaba ijarada tursa…

Date:

Tan olish kerakki, talabaning ijarada turib o‘qishi qiyin. Oilaviy sharoiti yetsa, nur ustiga. Ammo, unday bo‘lmasachi? Aks holda talaba o‘qish bilan birga ishlashiga ham to‘g‘ri keladi. Talaba o‘qisinmi, ishlasinmi? Xolbuki, talaba 3-kursdangina ishlashiga ruxsat etiladi degan talab ham yo‘q emas. Ayni maqsadda ijarada yashovchi talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi soddalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 605-son qarori (24.09.2021-y.)ga muvofiq ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Bunda talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi belgilab qo‘yildi.
Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun talabalarga qo‘yiladigan bir qator talablar bekor qilinib, talabgorni aniqlash mezonlarini belgilash vakolati oliy ta’lim muassasasidagi komissiyaga berildi. Bu orqali haqiqatda ijaraga ehtiyojmand bo‘lgan talabalarning imtiyozdan foydlanish imkoniyati yanada oshiriladi. Shuningdek, birinchi bosqich talabalariga sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi joriy etildi.
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan, I va II guruh nogironligi boʻlgan, bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari, xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar, “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar, talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun