SADAQA

Date:

Yigit shoshib kelardi. Ko‘zi yo‘l chetida turgan yosh bolali tilanchi ayolga tushdi. Bolasi ochlikdan tamshanib yigitga mo‘ltirab boqdi. Yigit to‘xtab qoldi. Cho‘ntagidagi g‘ijim pulni shundoq oldida, bolachaning kir qo‘llariga tutdi.
Tag‘in yo‘lida davom etdi, ammo qayerga borishni bilmasdi. Bu pul uning dori olish uchun uyidan olib chiqqan so‘nggi puli edi…

KITOB

U kitobdan turfa usullarda foydalandi. Tandirni yoqish uchun tutantiriq qildi. Pista sotish uchun ishlatdi. Asabiga tegayotgan pashshalarga qarata qurol ham qildi. O‘g‘illariga «samolyot» yasab berdi. Va yana… Ammo, biror marta o‘qib ko‘rmadi.

Ta’ziya

— Dadasi, qo‘shni qishloqdagi Mamatursun o‘tib qolibdi. Taziyaga baqirib yurishibdi.
— Qaysi Mamatursun?
— O‘g‘ri Mamatursun bor-ku. O‘n yillar oldin qo‘yimizni o‘g‘irlab ketudi. O‘ziyam rosa…
— O‘chir ovozingni. Bor do‘ppimni olib chiq…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun