Nomli davlat stipendiyalari soni 12 ta bo‘ldi

Date:

Ma’lumki, oliy ta’limda tahsil oluvchi talabalar yo‘nalishlariga qarab nomdor stipendiyalarga o‘z nomzodlarini qo‘yishlari mumkin. Gumanitar yo‘nalishlarda o‘quvchi talaba-yoshlar Navoiy stipendiyasiga, texnika yo‘nalishlaridagilar Beruniy stipendiyasiga da’vogarlik qiladi. Xuddi shunday bo‘lajak shifokorlarga esa munosib topilsa, Ibn Sino davlat stipendiyasi beriladi. Barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari beriladi.
Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ayrim nomli davlat stipendiyalari joriy etilganligi munosabati bilan 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-sonli Farmonga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, mazkur farmonning 2-bandi tahrirlanib, nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati yangilandi.
Jumladan, Prezidentning tegishli qarorlariga muvofiq ro‘yxatga tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur, jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud nomli stipendiyalari kiritilib, ularning soni 12 taga yetdi. Bu esa iqtidorli, bilim-salohiyatli yoshlarni rag‘batlantirish, mehnatini munosib baholovchi bir imkon bo‘lib ximat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun