Shoir bilan uchrashuv

Date:

Har kuni pul topish, mehnat-u mashaqqatlar bilan ishlashni odat qilganmiz. Shunday qilmasak, kun o‘tmay, uydagi qora qozon qaynamay qoladi-da. Ammo, ba’zi-ba’zida dam olish, ma’naviy xordiq chiqarib turish ham kerak. Ayni shu maqsadni ko‘zlagan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oltinsoy tuman bo‘linmasi tumanning “Obshir” mahallasida bir guruh ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etdi.
Uchrashuvda tumandan yetishib chiqqan ijodkor shoir, “Turon” yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Ta’lim fidoiysi” ko‘krak nishoni sohibasi Oynaxol Mamaziyayeva va O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi To‘ramurod Raxmonovlar taklif etildi.
Uchrashuvda ijod ahlining adabiyot, she’riyat haqidagi fikrlari tinglandi. Qolaversa, turli mvzudagi she’rlari tomoshabinlar hukmiga havola etildi. O‘qilgan she’rlada shoirning dardi, og‘riqlari qalamga olinganki, beixtiyor tinglovchi ham ko‘tarilgan mavzuga bee’tibor bo‘lmaydi, ijodkorni his etadi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi. Qiziqarli savol-javoblar, turli mavzulardagi fikr-mulohazalar barchaning e’tiborini tortdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Ikkinchi imkon” — yangi yo‘l ochadi

Prezidentning yoshlar bilan muloqotida jazoni ijro etish muassasalarida jazo...

Ta’lim tizimining “Qalqon”i bo‘ladi

Vazirlik nizomiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida “Qalqon” patrullari...

Hashar – birdamlik timsoli

Yurtimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom...

“Kelajak”da kemtik bo‘lmaydi

XXI asr — bu shunchaki texnologiyalar asri emas, bu...
KunTun
KunTun