Ringda qizlar

Date:

“Farg‘ona viloyati hokimi kubogi” deganda kurash yoki shunga yaqin biror sport turida bellashayotgan alplar ko‘z oldimizga kelishi aniq. Ammo, bu safargi kubok boshqalaridan tubdan farq qildi. Farg‘onada boks bo‘yicha “Farg‘ona viloyati hokimi kubogi” xalqaro turniri ayollar o‘rtasida tashkil etildi.
E’tirof etish kerakki, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan tashqari Qozog‘iston, Vetnam, Tojikistondan ham kuchli va iqtidorli, o‘z davlatida nomdor sanalgan bokschi qizlar ishtirok etdi.
Xalqaro turnir qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Ringga tushgan qizlar hech bir yigitlardan qolishmay, o‘z kuch va salohiyatlarini namoyish etdilar. Quvonarlisi, turnirning 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi a’zosi Dilfuza Bekova ham munosib ishtirok etdi va 2-o‘rin — kumush medal bilan taqdirlandi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun