Eng mohir ovchilar aniqlandi

Date:

Egniga harbiylik libosini kiyib, vatan xizmatiga otlangan borki, o‘z burchini o‘tar ekan bir yigitga, bir askarga yuklatilgan vazifalarni to‘la bajara olishi lozim. Jangga chiqqanida raqibini yengishi, nishonga olganida esa burgutdek, o‘ljasini aniq o‘z iskanjasida tuta olishi lozim. Shu sababdan ham harbiy xizmat davomida ana shunday abjir va chaqqon, jismonan yetuk bo‘lishi uchun tayyorlanadi.
Ana shunday tayyorgarlikni kuchaytirishda esa janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug “Termiz” dala-o‘quv maydonida “Kalibr” klubining Surxondaryo viloyati miqyosida «Eng mohir ovchi» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi – harbiy-ma’muriy sektor rahbari Ulug‘bek Qosimov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov, mudofaa vazirligi va kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari hamda klub a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida viloyat rahbari so‘zga chiqib, “Kalibr” klubining harbiylar bilan o‘zaro hamkorligi, ovchilarning boy hayotiy tajribasidan foydalanish borasida tashkil etilayotgan mazkur harbiy sport musobaqalarining ahamiyati haqida to‘xtaldi. Shundan so‘ng, musobaqalarga start berilib, ishtirokchilar avtomat va merganlik miltig‘idan turli masofalardagi nishonlarni yo‘q qilish bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Yakunda yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar biln taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

VOHA BO‘YLAB

Boysun tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha o‘quv...

Sun’iy intellekt ta’lim standartlariga moslashtirilsa…

XXI asrda ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib...

CHAG‘ONRUDDAN SURXONDARYOGACHA…

Surxondaryo — O‘zbekiston janubidagi eng muhim daryolardan biri bo‘lib,...

Me’yorni qachon o‘rganamiz? yoxud to‘y va ma’rakalarda ortiqcha dabdabaning oldini olish –islomiy tarbiyaning muhim talabidir

O‘zbek azal-azaldan bolajon xalq. Qarindosh-urug‘i ko‘p. Bu yurtda bo‘ladigan...
KunTun
KunTun