“Biznes marafon”

Date:

Har bir yosh o‘z biznesini amalga oshirish uchun hali tajriba yetishmasligi uchun ham ish boshlashga cho‘chiydi. Qolaversa, eng avvalo ishni nimadan boshlash kerak, qanday yuritish, sarmoya masalasi haqidagi o‘ylovlarning o‘ziyoq eng yaxshi biznes g‘oyani-da chipakka chiqarishi aniq.
Yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, ilk qadamni tashlashda motivatsiya berish maqsadida Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Biznes marafon” loyihasi tashkil etildi. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarni bir yerda jam eta olgan marafonda spiker sifatida biznesda katta tajriba va yutuqqa erishgan tadbirkorlar taklif etilgan edi. Ular oʻzlarining biznesdagi yutuqlari, tadbirkor boʻlishning afzalliklari hamda maqsad sari yoʻlning ilk qadamlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdilar.
Ajoyib fikrlar, tadbirkorlarning muvaffaqiyatli tajribalari esa haqiqatan ham yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib, ular ham o‘z g‘oya va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. So‘ngda esa spikerlar faol yoshlarga kitoblar sovg‘a qilishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun