O‘quvchi-qizlarning 3 yoshgacha farzandi bo‘lsa…

Date:

Bugungi kunda yoshlarning, xususan, xotin-qizlarning o‘qib o‘rganishlari, kasb-hunar egallashlari uchun yetarlicha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. 3 yoshgacha farzandi bor kollej va texnikumlar o‘quvchi-qizlariga masofaviy ta’lim olish imkoniyatining yaratilishi fikrimiz isbotidir. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining “Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan kollej va texnikumlar o‘quvchi-qizlariga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladigan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxatini tasdiqladi. Ushbu ro‘yxatga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda o‘qiydigan 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan o‘quvchi-qizlarga, ularning murojaati asosida masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun