XAYRLI TASHABBUS

Date:

Bugun oila, uning mustahkamligi haqida bot-bot to‘xtalamiz. Kezi kelsa, tanbeh bersak, ba’zan sharqona nasihatlarimizni berishdan charchamaymiz. Ana shunday tag‘ibot-tashviqotlarimiz naf berib, oilalar orasida ajrimlar bo‘lmasa bo‘lgani. Bosh maqsadimizga yetgan bo‘lamiz.
Ammo, afsuski, shunga qaramay, yoshlar orasida sabr va irodaning yetmasligi, hayot sinovlariga dosh bea olmayotgani, ba’zi kelin-kuyovlarning turmushga tayyor emasligi, uchinchi shaxs aralashuvi kabi turli vajlar bilan ajrimlar kuzatilmoqda. Qumqo‘rg‘on tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Arpapoya” mahallasida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda ajrim yoqasidagi oilalar ishtirok etdi. Ishchi guruh tomonidan har bir oila diqqat bilan tinglanib, ular bilan alohida suhbat olib borildi. Shundan so‘ng, ularni yarashtirish choralari ko‘rildi. Quvonarlisi, sayyor qabul davomida 3 ta oila qo‘rg‘oni qayta tiklandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun