…vakolati kengaytiriladi

Date:

Maktabda ta’lim-tarbiya sifatiga, albatta, direktorning hissasi va xizmati katta bo‘ladi. Maktabning pedagoglar jamoasidagi muhitni sog‘lomlashtirishi, bor e’tibor va kuchni yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratishni ta’minlashi lozim. Bundan tashqari ham maktab rahbarining mas’uliyatini oshiradigan vakolat va vazifalari ham talayginaki, bularning barchasini birdek olib borrmog‘i lozim.
Prezidentning tegishli farmoni (PF–79-son, 26.05.2023 y.) bilan maktab direktorlarining vakolat doiralari kengaytiriladi. Bu esa tizim rahbarlaridan yanada mas’uliyat talab etishi lozim. Shu bilan bir qatorda yuoridagi farmonga ko‘ra 2023-yil 1-sentyabrdan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi.
Shuningdek, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun