Namunali tashkil etilgan

Date:

Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun ayni hayajonli kunlar boshlanib ulgurdi. Bo‘lib o‘tadigan imtihonlar yoshlarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga oliygohga o‘qishga kirishlarida ilk pillapoya vazifasini o‘taydi. Aytish kerakki, imtihonga kiradigan har bir yoshga qulay shart-sharoit yaratilgan bo‘lsa, u bilimlaridan unumli foydalana oladi. Aks holda esa bir yilni boy beradi deyavering.
Ayni shunday Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida ham oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Maktab-internatida test sinovlari o‘tkaziladigan xonalar, abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun kutish joylari namunali tashkil etilgan. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov holat va shart-sharoit bilan tanishib, shu yerning o‘zida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida test sinovlari o‘tkaziladigan obyektlarni shay holatga keltirish, sinovlarni belgilangan tartiblarda tashkil etish masalalari muhokama qilindi va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun