3000 ga yaqin ish o‘rni…

Date:

Foydali qazilmalar davlatning boyligidir. Bu albatta, xalqimiz ahli uchun ham foydali, ham manfaatlidir. Bu qazib olingan mahsulot tannarxida seziladi va xarid qilishda qulaylik tug‘diradi. Oltinsoy tumani hokimi B.Maxmatraimov tashabbusiga ko‘ra tuman hududidagi foydali qazilmalar birma-bir foydalanishga topshirilib boshlandi.
Xususan, ana shunday tashabbusga ko‘ra foydalanishga topshirilgan Oqsuv ko‘mir konida ayni paytda ishlar rivoji baland. Qazilgan ko‘mirni to‘plash bazasi atrofida qurilish ishlari ham boshlangan. Kelgusida ushbu bazadagi imoratlar ko‘mirni saqlash, qayta ishlash va tarqatish punkti vazifasini bajaradi.
Hozircha ko‘mir koni to‘la quvvat bilan ishga tushganicha yo‘q, bordi-yu to‘la quvvat bilan ishlay boshlasa, ushbu konda 3000 ga yaqin mahalliy aholi vakillari doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Natijada yiliga 300 ming tonnadan oshiq eksportbop, yuqori kaloriyali sanoat ko‘miri ko‘plab xaridorlarga yetkazib beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun