Topshiriq ijrosi: markaz ta’mirdan chiqarildi

Date:

Har bir hududda tibbiyot sohasini isloh qilish, aholi salomatligini yaxshilash uchun yetarli shart-sharoit yaratish Surxondaryo viloyat hokimi ishga tayinlangan ilk kundan boshlab, muhim masalaga aylangan edi. Avvaliga Termiz shahrida, so‘ng tumanlarda bu borada e’tibor qaratildi va diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi.
Viloyat hokimining Denov tumaniga avvalgi tashrifida tuman tibbiyot birlashmasida ta’mirlash, obodonlashtirish ishlarini olib borish topshirig‘i berilib, tuman hokimi rahbarligida shtab faoliyati tashkil etilgan edi.
Qisqa fursatlarda tumanlararo qo‘shma jarohatlar va qon-tomir kasalliklari markazi to‘liq ta’mirlandi, hududdagi yo‘lga asfalt yotqizildi. Ochiq maydonlarda yashil hududlar tashkil etilib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, tungi yoritish chiroqlarini yangisiga almashtirish, mavjud liftni ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Hozirda tug‘ruqxona bo‘limi binosida ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...

Xavfsizlik muhim

Iliq ob-havo sabab varrak uchirish holatlari ko‘paymoqda. Mutasaddi tashkilotlar...
KunTun
KunTun