O‘zbekiston Xalq baxshisi Chori Umirov 85 yoshda

Date:

Baxshichilik xalq og‘zaki ijodida o‘ziga xos yo‘nalishdir. U avloddan-avlodga meros bo‘lib, yanada boyib, sayqallanib bormoqdaki, baxshichilik san’atidan bahramand ko‘ngillar bir olam zavq, shavq oladi, estetik ruh oladi. Baxshi do‘mbirasini chertib, kuylashni boshlaganida, avji kelib, improvizatsiya qilganida tomoshabin e’tiborini o‘ziga mixlab qo‘yishi aniq.
Baxshichilik san’atining ham o‘z mashaqqatlari, sir-asrorlari bo‘ladi. Do‘mbira tutgan borki, bu yo‘lda izlanadi, iqtidorini namoyon etmoq uchun harakat qiladi. Ana shunday izlanishda o‘tgan yilar esa baxshining xalqqa tanilishiga, mehr va obro‘-e’tibor qozonishiga sabab bo‘ladi. Muzrabotlik O‘zbekiston xalq baxshisi Chori Umirov ham ana shunday xalq mehrini qozongan baxshilardan. Bu yil baxshi Chori Umirov qutlug‘ 85 yoshni qarshiladi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov esa Muzrabot tumaniga tashrifi davomida madaniyat markazida tashkil etilgan O‘zbekiston Xalq baxshisi Chori Umirovning 85 yillik yubileyida ishtirok etdi va qutlug‘ yosh bilan qutlab, sovg‘alar topshirdi hamda uning xalqimizning an’anaviy baxshichilik san’atini qayta tiklash va keng targ‘ib etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ushbu noyob san’at sirlarini o‘rgatishda olib borgan mehnatlarini e’tirof etdi.
Yubiley baxshilar, baxshichilik san’atini o‘rganayotgan yosh avlod vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvga ulandi. Baxshilar Chori baxshi Umirov tomonidan ijro etilgan doston va termalardan namunalar kuylashdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun