Transafg‘on temir yo‘li qurilsa…

Date:

Pokiston, O‘zbekiston va Afg‘oniston transafg‘on temir yo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma protokolni imzoladi. U O‘zbekiston temir yo‘llari tarmog‘ini Afg‘oniston hududi orqali Pokiston temir yo‘llari bilan bog‘laydi. Temir yo‘l arteriyasining yo‘nalishi O‘zbekistonning Termiz, Afg‘onistonning Mozori Sharif va Logar shaharlaridan o‘tib, Kurram viloyatidagi Xarlachi chegara punktida Pokiston hududiga yetib boradi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Afg‘oniston orqali o‘tadigan 760 kilometr temir yo‘l Pokistonga yuklarni yetkazib berish muddatini taxminan besh kunga, transport xarajatlarini esa kamida 40 foizga qisqartiradi.
Qiymati 6 milliard dollargacha bo‘lgan loyiha 2027-yil oxirigacha yakunlanadi, 2030-yilgacha poyezdlar transafg‘on temir yo‘li bo‘ylab yiliga 15 million tonnagacha yuk tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun