Hayvonot bog‘i yanada rivojlantiriladi

Date:

Yozgi ta’tilda, ayniqsa, Termiz hayvonot bog‘iga borguvchilarning soni oshdi. Hayvonot bog‘ida ko‘plab hayvon turlari, parranda-yu darrandalar, qushlarning ko‘plab turlari borki, tomoshaga kelganlar bir olam zavq oladi. Ayiqqa yegulik berish marosimi, yirtqich hayvonlarni kuzatish taassuroti o‘zgacha, albatta. Yangidan rekonsturksiya qilinib, yangi qiyofa kasb etgan ushbu hayvonot bog‘ini yanada rivojlantirish mumkin ekan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan germaniyalik mutaxassis professor Udo Nagel boshchiligidagi ekspeditsiyaning tashrifi esa bu yo‘ldagi amaliy ishlarni boshlab bersa, ajab emas. Aytish kerakki, professor Udo Nagel boshchiligidagi ekspeditsiya Termiz hayvonot bog‘idagi sharoitlar, quvvati va amaliy salohiyati bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida hayvonot bog‘ida saqlanayotgan noyob turdagi hayvonlarni ko‘paytirish tavsiya qilindi. E’tirof etish kerakki, hayvonot bog‘idagi jonivorlarning parvarishlash ishlarini sifatli hamda izchil olib borish lozim. Bunda ayniqsa, ilmiy xodimlarning xizmati katta. Ularning xulosalari asosida ishlarni tashkillashtirish shart. Ana shundagina aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi ham tubdan o‘zgaradi. Tashrif doirasida ayni shu jihatlar yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun