Poliklinikalarda psixolog lavozimi joriy etiladi

Date:

Qaysidir o‘quvchi tengdoshlariga qo‘shila olmayaptimi, oilasidagi muammolar sabab ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lyaptimi, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgandir yoki o‘smirlik o‘tish davri qiyin kechayotgandir… ana shunday paytda psixologlarning yordamidan foydalanamiz. Ayni psixologlarning mehnati va intilishlari sabab o‘quvchi sog‘lom hayotga qaytadi, o‘qishlarini izga soladi.
Demak, psixologlarning yoshlar hayotida tutgan o‘rni muhim. Buni boshqa sohalar va holatlarga olib qaraydigan bo‘lsak, psixolog xizmatiga ehtiyoj seziladi. Shu jihatlar inobatga olingan holda ayrim tibbiyot muassasalarida, ya’ni ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy psixolog lavozimi joriy etiladi.
Qolaversa, statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suisidolog, qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari faoliyat yurita boshlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun