Maktablar yangi o‘quv yiliga shaymi?

Date:

Yilda o‘n ikki oy davomida ta’lim tizimi, yoshlarni zamonaviy kasb-hunar o‘rganishlari borasida, bu bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalamiz. Yozgi ta’tilda maktab o‘quvchilari miriqib dam olayotgan bir paytda ta’lim dargohlarida ta’mirlash ishlari qizg‘in tus olgan. Ta’mirlash ishlari esa shahar va tumanlar hokimlarining shaxsan nazorati ostida ekani mas’ullarning mas’uliyatini bir necha karra kuchaytiradi.
Sababi, farzandlarimiz qishda sovuqda, yozda issiqda munosib shart-sharoitda ta’lim-tarbiya olishlari lozim-da. Shu maqsadda Oltinsoy tumani hokimi Baxrom Maxmatraimov 1-sektor hududidagi 8- va 46-umumta’lim maktablarida bo‘lib, ushbu maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ahvoli to‘g‘risida yaqindan tanishdi. Maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha topshiriq va tavsiyalarini berib o‘tdi.
Aytish kerakki, Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida tumandagi barcha 4 ta sektor rahbarlari tomonidan o‘z hududidagi maktablarga kirib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishish, maktabni ideal holatga keltirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan kunlik monitoring o‘tkazib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviy mas’uliyat ham muhim

Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish insonparvar jamiyatning muhim mezonlaridan...

Oʻzaro kuch sinashdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish...

Oltinsoy uzumi eksport yo‘lida…

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantiradi,...

Bilimlar yanada mustahkamlanadi

Ta'lim sifati faqat nazariy bilim bilan emas, balki zamonaviy...
KunTun
KunTun