O‘zboshimchalar javobgarlikka tortildi

Date:

Tabiiy boyliklar va ne’matlarni vaqtida qadrlab asrash lozim. Aks holda global muammolarga yo‘l ochib, keyin dunyo minbarlarida turib bong urgan bilan foydasi bo‘lmaydi. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin, ammo fuqarolar CH.N hamda X.Blar Termiz tumani “Qoraxon” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Surxon” daryosining muhofaza hududida o‘z manfaatlarini o‘ylab, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekib olaverishdi. Ular aslo tabiiy tiklanish choralarini ko‘rishmadi, natijada esa daryoning muhofaza zonasi yemirilishiga sabab bo‘lishdi.
Holat jiddiy oqibatlarga olib kelishi hech gap emas, yaxshiyamki, Termiz tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida ushbu holtning “misi” chiqdi. Kech bo‘lsa-da, bunday xatti-harakatlarning oqibatlari fuqarolarga tushuntirildi va holat yuzasidan ularning har biriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 82-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 3 million 300 so‘mdan jami 6 million 600 ming so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Umid qilamizki, olib borilgan tushuntirish ishlari va qo‘llanilgan jazo chorasi ularga saboq bo‘ladi va tabiatga qayta bunday zarar yetkazishmaydi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun