“Kutubxonaga, kitobga loqaydlik – millatga, uning kelajagiga xiyonatdir”

Date:

Yangi Oʻzbekiston strategiyasi – Uchinchi Rennesans poydevorini barpo etish borasidagi ulugʻvor ishlarimizning davomi sifatida xizmat qiluvchi azmu-shijoatiga aylanib ulgurdi. Uning zamirida kitobxon jamiyatini taraqqiy ettirish, maʼnaviy yangilanish, maʼnaviy taraqqiyotdan ma’rifatli jamiyat sari harakatga kelgan qudratli kuch boʻlib, bugungi kunda xalqning, ayniqsa, yoshlarning yoʻlchi yulduzi boʻlib xizmat qilmoqda. Bu yoʻlda insoniyatning qadim qadriyati hisoblangan, axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi va Yangi Oʻzbekistonda xalqning ma’naviy tarbiyasini oshirishda bir qancha islohatlar olib borildi.
Ulug’bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokim etib tayinlagan kundan boshlab, viloyatimizda kitobxonlik va kitob mutolaasiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Joriy yilning yanvar oyida Surxondaryo viloyat hokimi axborot-kutubxona markazlari rahbarlari bilan kutubxonachilik faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan matbuot anjumani o’tkazdi. Uchrashuvda axborot-kutubxona markazlari ahvoli, moddiy texnika bazasi, bino bilan ta’minlanganlik holati va aholining kitobga bo’lgan qiziqishlari orttirish yuzasidan muzokaralar olib borildi hamda Ulug’bek Qosimov barcha axborot-kutubxona markazlari mas’ullariga o’zining tavsiya va topshiriqlarini berdi.


Viloyat hokimi anjuman davomida mutasaddi rahbarlarga bergan topshiriqlar bilan cheklanib qolmay, axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishda samarali sa’y-harakatlar olib bormoqda. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markazlari fondini boyitish uchun viloyat va tuman moliya boshqarmalari tomonidan AKMlarga mablag’lar ajratildi. Ushbu mablag’dan viloyat AKM kitob fondi 2000 mingga yaqin, har bir tuman AKM kitob fondi 1000 yaqin yangi lotin alifbosida nashr etilgan kitoblar bilan boyitildi.
2023-yil 27-yanvar kuni Surxondaryo viloyat hokimi Ulug’bek Qosimov Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazining faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda viloyat rahbari kitobxonlar bilan suhbat o’tkazib, yangi kitoblarga bo’lgan ehtiyoj, kutubxonadagi yaratilgan sharoitlar haqida ularning fikrlari bilan qiziqdi hamda foydalanuvchilarning takliflariga binoan AKMning ish tartibiga o’ziga xos tuzatishlar kiritdi va kutubxona tungi smenada ham ishlay boshladi.


Ulug’bek Qosimovning Surxondaryo viloyati hokimi sifatida ish boshlaganiga hali ko’p bo’lmadi. Ammo, faoliyatining dastlabki kunlaridanoq “Kutubxonaga, kitobga loqayd munosabat – adabiyotga, ma’rifatga, alaloqibat millatga, uning kelajagiga xiyonat”, deya rahbarlar e’tiborini hududlardagi kutubxonalarning shart-sharoitlarini yaxshilashga, kitob fondini yangi adabiyotlar bilan boyitishga qaratdi. Sherobod va Uzun tumanlariga tashrifi chog’ida axborot-kutubxona markazlariga kirib, kutubxona shart-sharoitlari bilan qiziqqani, yangi bino qurish bo’yicha mutasaddilarga tegishli ko’rsatmalar bergani ham ana shu e’tibor va rag’batning yana bir ko’rinishidir.
Sherobod tuman axborot-kutubxona markaziga tashrifi davomida kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondi, elektron kitoblar arxivini yaratish va undan foydalanishni qulaylashtirish borasida olib borilgan ishlar ko’zdan kechirildi. Ko’p yillik tajribaga ega kutubxonachi xodimlar bilan suhbatda yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi hamda ularga taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, viloyat rahbari “Har bir oila kitobxon” ko’rik-tanlovining tuman bosqichi g’oliblari bilan suhbatlashib, ularga tanlovning keyingi bosqichlarida omadlar tiladi hamda kitoblar jamlanmasini topshirdi.
Haqiqatan ham, kitob o’qigan inson qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oq-u qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko’nikmasiga ega bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, kitobxonlik buyuk kelajak kafolatidir.

Nigora Abrayeva,
Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat AKM mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Tadbirkor qizlar” biznes marafoni start oldi

Xotin-qizlarni biznesga qiziqtirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun yetarlicha...

Yangi imkoniyatlar…

Surxondaryo viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati jamiyat hayotining deyarli...

Surxondaryo delegatsiyasi Tojikistonda

Yurtimiz Mustaqilligining 33 yillik shodiyonalari hali tugagagni yo‘q. xalqimiz...

«Qo‘mondonlik kubogi» musobaqasida

Sport birdamlikka, sport jismoniy chiniqish-u muvaffaqiyatga boshlaydi. Yoshlarimizni sportga...
KunTun
KunTun