Sovrin 5 million so‘m…

Date:

Shaxmat bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari maqtanarli. Shu jihatdan yoshlarni shaxmatga qiziqtirish, ushbu sport turini yanada ommalashtirish maqsadida tez-tez shaxmat musobaqalari o‘tkazilib, o‘g‘il-qizlarimizning shaxmatdagi bilimlari sinovdan o‘tkazilib kelinmoqda. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar orasida shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida “Rokirovka” shaxmat turniri o‘tkazib kelinmoqda. Haftalik sovrin jamg‘armasi esa 5 million so‘mni tashkil etadi. Bu safargi turnir ham Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tdi.
Turnir davomida ishtirokchilar shaxmat donalarini surar ekan, ular qo‘llagan usullar, o‘yin qoidalarini mohirona o‘zlashtirishganini bildirib turdi. O‘yin qiziqarli va murosasiz bo‘ldi. So‘ngda esa erkaklar o‘rtasida Termiz tumanidan ishtirok etgan yosh Nabijon Norboyev, ayollar orasidan qumqo‘rg‘onlik Dilshoda Xayitovaning qo‘li baland kelib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, eng yosh ishtirokchi Dilnura Boyturayeva, eng keksa ishtirokchi Normamat Tursunov deb topildi. G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun