Tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy rivojlanishi muhim

Date:

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasida tarbiyachi-pedagoglarning bilim-salohiyati, tajribasi va kasbiy rivojlanishi muhim. Ota-onalar ham farzandlarini bog‘chaga berayotib, tarbiyachining ayni shu jihatlariga e’tibor berishadi. Aytish lozimki, bu jihatlar nafaqat ota-onalar, balki davlat miqyosida e’tbor qaratiladigan jihatdir. Buning amaliy isboti sifatida “Mehribonlik Korpusi” (“Mercy Corps”) ning O‘zbekistondagi filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamkorligida Termiz tumanidagi “Termiz Marvaridi” sihatgohi konferens-zalida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


Konferensiyada Amerika konsulligi murabbiysi Vendi Koulson, Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari, “Mehribonlik Korpusi”ning O‘zbekistondagi filiali rahbar va xodimlari, viloyatning Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlaridagi 30 ta maqsadli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari hamda pedagoglari ishtirok etdi.
Qizg‘in muhokama va munozaralarga boy o‘tgan konferensiyada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish usullari, pedagoglarning tajriba va kasbiy rivojlantirishda muhim jihatlar haqida fikr yuritdilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun