KORXONALARGA HAM QUYOSH PANELLARI O‘RNATILMOQDA

Date:

Bugungi kunda quyosh panellarining afzalligi va naqadar qulay ekani haqida aholi yetarli ma’lumotga ega bo‘lib ulgurdi. Ayni shu sababdan ham o‘z xonadonlarida, balki tadbirkorlik faoliyatida ham ushbu quyosh panellaridan foydalanib, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boshlab yuborilgan.


Qiziriq tumanida ham qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish ishlariga kirishilgan. Bu ishlar ko‘lami kichik sanoat zonalarida ham davom etayotgani quvonarli hol. Tuman hududida tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muqobil energiyaning afzalliklari, quyosh panellari o‘rnatishning qulayliklari, bu boradagi talab va tavsiyalar, imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. Olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari va tushuntirish ishlari natijasida tadbirkorlarning xonadonlarida va ishlab chiqarish korxonalarida muqobil energiyadan foydalanishga o‘tish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun