Obodlik mahalladan boshlanadi

Date:

Inson obodlikni o‘z uyidan boshlamog‘i lozim. Shu ma’noda olib qaralganda jamiyatning kichik bo‘g‘ini bo‘lmish mahallalarni obod etish, zarur shart-sharoitni yaratish maqsadga muvofiqdir. Ana shunday tashabbusni boshlagan Oltinsoy tumani hokimi Baxrom Maxmatrayimov boshliq tumanning 1-sektoridagi “Yangiariq” mahallasida mutasaddi tashkilotlar ishtirokida obodonlashtirish, hashar ishlari boshlab yuborildi.
Hashar davomida daraxt va devorlarni oqlash ishlari qizg‘in tus oldi. Obodlashtirish, tozalash ishlari amalga oshiririldi, balki qishda loy, yozda chang ko‘tariladigan ichki yo‘llar toshlandi. Elektr energiyasidagi uzilishlarning oldini olish maqsadida esa elektr ustunlar yangisiga almashtirilib, yangi transformator o‘rnatildi. Qolaversa, elektr simlari tortish ishlari amalga oshirildi. E’tiborlisi, mahallada boshlangan hasharda yosh-u keksa o‘z hissasini qo‘shib, belni mahkam bog‘lab faollik ko‘rsatdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun