Ozon qatlami tiklanmoqda

Date:

Orol dengizining qurishi, ozon qatlamining yemirilishi, mashina va zavodlardan chiqayotgan zaharli tutunning atrof-muhitni zararlashi kabi ekologik muammolar haqidagi xabarlar birgina siz-u bizni emas, butun insoniyatni o‘ylantiradigan, tashvishga soladigan masaladir. Shu sababdan ham ekologik madaniyatimizni shakllantirish maqsadida ekologik tarbiya olishni maktab ta’limidan-da oldinroq boshlayotganimiz ham sir emas.
Bunday muammolar yildan-yilga keskinlashib, kuchaysa, kuchayadiki, aslo yaxshilanmasligini bilamiz. Ammo, yerning ozon qatlami asta-sekin tiklanayotgani haqidagi xabar esa ko‘nglimizga taskin bergandek bo‘ladi. Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO)ning hisobotida aytilishicha, mutaxassislar yaqin o‘n yilliklarda atmosferaning aksariyat qismida ozon qatlami to‘liq tiklanishini bashorat qilgan.
2022-yil tropik va subtropik ozon to‘planishi me’yordan yuqori bo‘lgan, baland kengliklarda, ayniqsa janubiy yarim sharda bu jarayon kutilganidan past darajada kuzatilgan. Ozon qatlami Yerdagi hayotni zararli ultra binafsha nurdan himoya qiladi, shuning uchun ozon monitoringi inson va atrof-muhit xavfsizligi uchun juda muhim.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun