6 yillik baholarni inobatga olish kechiktirildi

Date:

OTMlarga o‘qishga kirishga imtiyoz va yengillik beruvchi qarorlarning qabul qilinishi, umuman tizimga oid yangiliklar hech bir yoshni befarq qoldirmasligi aniq. Hatto, o‘qishga kirishda maktabdagi so‘nggi 6 yillik baholarning inobatga olinib, qo‘shimcha ball sifatida qo‘shilishi eng yaxshi yangilik bo‘lgan edi.
O‘quvchi-yoshlar maktabdagi baholarini tuzatib, repititorlardan ortib, o‘qishni ham boshlashgani haqiqat. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, Prezidentning 2023-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g’risida”gi PF–107-sonli farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmon bilan Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g’risida”gi PF-6108-sonli farmoniga o‘zgartirish kiritildi. Ya’ni, unga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...

Mehnat samaradorligi oshiriladi

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston...

Ishchi guruh manzili — Surxondaryo!

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi...
KunTun
KunTun