“SUD va YOSHLAR”

Date:

Sud — qonun yo‘li bilan adolat o‘rnatiladigan kuch-qudrat va vakolatga ega tizim. Ayni shu sababdanmi, kelajakda kasb tanlaydiganlar ayni sud tizimida ishlashni orzu qilishadi. “30 iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida o‘z taqdiriga befarq bo‘lmagan yoshlar Bandixon tuman sudiga tashrif buyurdilar. U yerda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Bandixon tuman ma’sullari ishtirokida “Mening qonunim – mening taqdirim” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.


Tuman sudi raisi Murotali Abdumo‘minov mamlakatimizda keyingi yillarda sud hokimiyatining mustaqilligini amalda ta’minlash, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirish, sudlarning ochiqligi va shaffofligiga erishish bo‘yicha tumanda olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr bildirdi. Shuningdek, tuman sudi raisi «Ma’rifat» targ‘ibotchilariga sudning faoliyati, sud binosidagi shart-sharoitlar va imkoniyat bilan tanishtirib, kerakli tushuntirish berib o‘tdi.
Ochiq muloqot so‘nggida sud raisi tomonidan mamlakatimizda sud-huquq sohasida doir qonunchiligimizdagi o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...

Xavfsizlik muhim

Iliq ob-havo sabab varrak uchirish holatlari ko‘paymoqda. Mutasaddi tashkilotlar...

Ezgu tashabbus

Bandixon tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida 2006-yil bitiruvchilari ishtirokida samimiy...
KunTun
KunTun