Raqiblari ustidan ustunlikka erishdi

Date:

Surxon vohasining Barchin qizlari alp o‘g‘lonlaridan sira qolishmaydi. Bilagidagi kuchni, qonidagi jo‘shqinlikni sport bilan mashg‘ul bo‘libgina chiniqtiradi. U yoki bu sport turida o‘zini sinab ko‘rib, albatta, muvaffaqiyat sari odimlashadi. Buni ular erishayotgan yutuqlardan ko‘rish, bilish mumkin.
Kuni kecha “Taekwondo WT” sport turi bo‘yicha kichik yoshlilar, kattalar va o‘smirlar o‘rtasida “O‘zbekiston l-Open” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘z yosh toifalaridagi taekwondochi yoshlar ishtirok etib, o‘z tayyorgarliklari va mahoratlarini namoyish etdi. Ular orasida jarqo‘rg‘onlik 43-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Bahor Eshmurodova ham bor edi. Bahor 41 kilogramm vazn toifasida maydonga tushib, barcha raqiblari ustidan ustunlikka erishdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun