Yana bir yosh uyli bo‘ldi

Date:

Hech bir bola yurtimizda mehr va e’tibordan chetda emas. Ota-onasi yo‘qning-da ko‘ngli o‘ksitilmaydi. Davlat otalarcha g‘amxo‘rlik qilib, bolaning boshini silaydi. Unib o‘sishi, munosib ta’lim-tarbiya olishi, kelajakda o‘z o‘rnini topishi uchun yetarlichi shart-sharoit va imkon beradi. Bunday e’tiborga javoban faqat va faqat o‘qib o‘rganish, munosib kasb egasi bo‘lmoq lozim.
Valijon Ravshanov ham “Mehribonlik uyi”da tarbiya topib, so‘ng oliygoh talabasi bo‘ldi. Universitet yotoqxonasida joylashib, o‘qidi, izlandi. Ammo, hammaning ham o‘z uyi, oilasi bo‘lsin ekan. Hammasi joyida ko‘rinsa-da, insonga bu jihatlar baribir qalbining tub-tubida seziladi va xafa qilishi ham bor gap. Shuning uchun ham Valijon uy masalasida tegishli tashkilot va idoralarga murojaat ham qildi. Ammo, unchalik ham umid bog‘lamadi.
Kutilmaganda Surxondaryo viloyati hokimligi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida uyushtirilgan tadbirga Valijon Ravshanovni ham taklif qilishdi. Ushbu tadbirda Valijonga Termiz shahri “Guliston” mahallasidagi ko‘p qavatli turar-joylarning birida joylashgan, zamonaviy shart-sharoitlar bilan ta’minlangan, yangi 2 xonali xonadon kaliti va hujjatlari tantanali topshirilganda qahramonimizning quvonchi-yu hayajonini bir tasavvur qilingga.
Endi Valijonning ham o‘z uyi — kichik bir vatani bor. Unda oila qurib, ildiz otadi. Eng baxtli damlarini shu kichik oshiyonida o‘tkazadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun