Vazir Hilola Umarova Surxondaryodagi MTTda bo‘ldi

Date:

Farzandimizni bog‘chaga qo‘yish uchun istagancha tanlov qilishimiz mumkin. Davlat bog‘chasigami yoki xususiy bog‘chaga. Buning uchun har bir maktabgacha ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar, imkoniyat va qulayliklar bilan tanishib chiqish, til o‘rgatish, ovqatlanish ratsioni, sport bilan shug‘ullantirish va tarbiyachi-pedagoglarning tajriba va mahoratini ham inobatga olamiz. Axir o‘g‘il-qizlarimiz bog‘chada shunchaki vaqt o‘tkazmasligi kerak. Har soniyasi foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tsa, demak sarflangan vaqt va sarmoyaga achinmaymiz.
Ayni shu maqsaddan kelib chiqib aytish kerakki, bu bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shart-sharoit va mutaxassislar bilan ta’minlanishga bo‘lgan talabning oshishiga xizmat qilmoqda. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Termiz shahrida faoliyat olib borayotgan “Волшебный замок” maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Ayni kunda 360 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olayotgan mazkur ta’lim tashkilotiga aholi talabi kuchli. Ko‘pchilik ota-onalar ayni shu bog‘chaga farzandining tarbiyalanishini istaydi. Ammo, afsuski bola o‘rni to‘lgan. Talabdan kelib chiqib, ushbu MTTni 1000 o‘rinli qilib kengaytirish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Shu bois tadbirkor tomonidan ta’lim tashkilotiga kelgusida 640 o‘rinli yangi bino qurilishini boshlash orqali jami 1000 nafar bolani qamrab olish taklifi bildirildi. O‘z navbatida vazir ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlab, bino qurilishi ko‘zda tutilgan yer maydonini ham ko‘zdan kechirib, o‘zining zarur taklif va tavsiyalarini berdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun