Sherobodda “Milliy qadriyatlar haftaligi”

Date:

Yoshlar festivali o‘zlikka, milliy qadriyat-u an’analarga qaytish fursati hamdir. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sherobod tuman bo‘linmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limi, Madaniyat va turizm boʻlimi va Barkamol avlod bolalar maktabi bilan hamkorlikda 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Milliy qadriyatlar haftaligi” loyihalari doirasida “Badash – ajdodlarimiz ijod mahsuli!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


Tadbir davomida yoshlarning qo‘l mehnati bo‘lgan milliy hunarmandchilik buyumlari, turli svenir va milliy naqshlarimiz tushurilgan kiyim-kechaklar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirga kelgan borki, ushbu ko‘rgazmaga maftun bo‘lib, undagi buyumlarga katta qiziqish bildirdilar.


Mo‘jazgina sahnada esa milliy kuy-qo‘shiqlar, unga hamohang tarzda raqslar ijro etildiki, bu barchada bayram kayfiyatini uyg‘ota oldi. Ayniqsa, yosh ijrochilar tomonidan badash ohangi yangradi. Doiralar zarbidan tomoshabinlar junbushga keldi. Tadbir bahonasida respublikada yuqori natijalarga erishgan yoshlar munosib taqdirlandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun