JARQO‘RG‘ONDA ILK BOR…

Date:

Filmda eng asosiysi g‘oya. Aytilayotgan fikr original va tomoshabinning e’tiborini torta olishi kerak. Qolaversa, nihoyaga qiziqtira olishi, oxiri nima bo‘lishi esa kutilmagan burilishga boy bo‘lishi lozim. Qahramonlar aytayotgan har bir so‘z, fikr ham kundalik suhbatlardan iborat bo‘lmasin, e’tiborni tortib, yodda qoladigan bo‘lsin. Bugungi kinolarimizda ayni jihatlarning e’tiborga olinmasligidanmi, ssenariyning sayozligidanmi, xullas ko‘rganda ensa qotib, boshqa kanalga o‘tib qo‘ya qoladigan holatga kelib qolganmiz.
Ana shunday bir paytda o‘zgarishlar qilishni ko‘ngliga tugib bir guruh surxondaryolik kino ijodkorlar dramaturg Salim Qodirov qalamiga mansub “Bezori bola deb” nomlangan asar asosida to‘liq metrajli badiiy kinofilmni suratga oldilar. Bu esa rejalashtirilayotgan keyingi kinofilmlarning de’bochasi bo‘lib xizmat qilsa, ajab emas.


Filmning taqdimoti esa Jarqo‘rg‘on tumanidagi 20-sonli Madaniyat markazi tomosha zalida bo‘lib o‘tdi. Aytish joizki, “Bezori bola” kinofilmdan ko‘zlangan asosiy maqsad, hozirgi kunda jamiyatimizda uchrab turgan ba’zi muammolar, o‘qituvchilarni o‘quvchi hamda ota-onalar tomonidan kamsitilishi, yoshlarning kattalarga nisbatan hurmatini yo‘qolishi va shunga o‘xshash illatlarni bartaraf etishga qaratilgan. Kinofilmni tomosha qilish davomida esa tomoshabinlar, ayniqsa, yoshlar o‘zlariga tegishli xulosani chiqarishadi deb umid qilamiz.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun