Аqlli himoya

Date:

Yoshi ulg‘ayib qolgan jang sanʼati ustasi qaytib maydonga tushmaslikka qaror qildi. Biroq bir kuni uni yosh va manman bir polvon olishuvga chorladi. Usta bunga eʼtibor qaratmadi, jim o‘tiraverdi. Yosh jangchi endi uni masxaralashga, ajdodlarini haqoratlashga tushdi. Аmmo, bu ham ko‘zlangan natijani bermadi.
Oxir-oqibat yosh polvonning hafsalasi pir bo‘ldi, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urdi-da, ketdi.
Qariya ustaning shogirdlari uning xatti-harakatidan hayron qoldi, ayrimlari esa taʼna qila boshladi:
– Nahot sizga o‘zingizning yoki ajdodlaringizning shaʼni qadrli bo‘lmasa?!
Ustoz bu savolga savol bilan javob berdi:
– Аgar sizga biror narsa sovg‘a qilishsa, lekin uni olmasangiz, hadya kimda qoladi?
– Egasining o‘zida qoladi-da! – deyishdi ular.
– Hasad, g‘azab va nafrat ham xuddi shunday. Аgar biz uni qabul qilmasak, u egasida qoladi.

Orif Tolib

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun