Yutuq va kamchiliklar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi

Date:

Esini tanibdiki, bola ilk ta’limni maktabgacha ta’lim dargohi — bog‘chadan oladi. Dunyoni ilk bora bog‘cha ta’limi bilan ko‘radi, o‘rganadi. Undan keyingi maktab ta’limida esa ko‘rgan-bilganlarini yanada mustahkamlab boradi. Ta’lim hamda tarbiyaning ilk bosqichidagi yutuq va kamchiliklar hech bir kishini befarq qoldirmaydi, albatta. Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida faqatgina yutuq va kamchiliklar eslanibgina qolmay, shu bilan birgalikda kelgusidagi istiqbolli rejalar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.


Ma’lumki, maktabgacha ta’lim — uzluksiz ta’lim tizimining poydevori hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda viloyatdagi 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 255 ming 705 nafarni tashkil etadi. Viloyatda mavjud 450 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 94 ming 131 nafar, davlat xususiy sherikchilik asosidagi 158 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 12 ming 423 nafar, 1871 ta oilaviy bog‘chalarda 49 ming 41 nafar hamda 10 ta xususiy bog‘chalarda 603 nafar 3-7 yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bugungi kunda viloyatimizda jami 965 ta maktab, jumladan, 935 ta umumta’lim maktabi, 23 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 4 ta maxsus maktab, 2 ta sanatoriya tipidagi maktab hamda 1 ta Prezident maktabi, shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari — 16 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi, 1 ta pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi faoliyat yuritmoqda. Ko‘rsatilgan raqamlar, shubhasizki, sohaga e’tibor jiddiy bo‘lishini talab etadi.


Shunga ko‘ra, viloyatdagi mavjud maktablarning 602 tasi “yashil”, 329 tasi “sariq” va 17 tasi “qizil” toifali hisoblanadi. Bolalarning bilimini yanada mustahkamlash, ta’lim sharoitlarini kengaytirish maqsadida esa biloyatda 17 ming 536 ta 5 ta muhim tashabbus doirasida va 20 ming 865 ta fan to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.


Sport sohasida viloyatdagi umumta’lim maktablarida tahsil oluvchi o‘quvchi-yoshlar tomonidan erishilgan yutuqlar ham anchayin. Misol tariqasida, joriy yilda Jahon, Osiyo, Xalqaro, O‘zbekiston chempionati va kuboklarida 59 ta oltin, 57 ta kumush, 122 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.
Matbuot anjumani doirasida jurnalist va blogerlar hamda anjuman ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

D.Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

AI–80 cheklanadi

Yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib,...

Qadog‘ida tarkibi yozilishi shart

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va...

Velosipedda harakatlangan ragʻbatlantiriladi

2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va...

Mahalla binosi qurilishi boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish va...
KunTun
KunTun