“Shum bola” “top-100”talikka kirdi

Date:

Jahon adabiyoti bir ummon bo‘lsa, o‘zbek adabiyoti shu ummonga quyilguvchi bir tomchidir. Albatta, dunyo miqyosida eng yaxshi bolalar adabiyoti haqida gap ketsa, Garry Potter, Alisa, Karlson kabi qahramonlar yodimizga tushadi. Ularning sarguzashtlari bir-bir ko‘z o‘ngimizda gavdalanib, taassurotlarimizni, mehrimizni qayta qozona boshlaydi. O‘zbek adabiyotida ham ana shunday o‘lmas va yoddan chiqmas asarlar talaygina. Hatto, dunyodagi eng yaxshi bolalar adabiyotining top 100 taligi aniqlanayotganda ham Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” asarining shu yuztalikka kiritilgani, asarga berilgan yuksak baho deyish mumkin.
1-iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan butun dunyo boʻylab 177 nafar ekspert oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar natijasi o‘laroq tuzilgan ro‘yxatning yuqori oʻrinlaridan Lyuis Kerrollning “Alisa moʻjizalar mamlakatida”, Astrid Lindgrenning “Kichkintoy va tomda yashaydigan Karlson”, Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichik shahzoda” asarlari oʻrin olgan.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun