Oromgohga kuzatildi

Date:

Yozgi ta’til boshlanganini dildan his etish uchun albatta, oromgohga yo‘l olish, do‘stlar orttirib, munosib dam olmoq lozim. Ana shundagina yangi o‘quv yili ko‘tarinki kayfiyatda boshlanadi, yangi bilimlar qunt va ishtiyoq bilan o‘zlashtiriladi. Termiz temiryo‘l vokzalida esa o‘zgacha shukuh hukmron. Ha, janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayraobod garnizonlarida xizmat qilayotgan bir guruh harbiylarning 57 nafar farzandi imtiyozli yo‘llanma asosida Toshkent viloyatidagi “Tong” va Samarqand viloyatidagi “Ya.Tursunov” nomli sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘l olishadi. Dam olish niyati va ishtiyoqida yonayotgan o‘g‘il-qizlar Termiz temir yo‘lidan tantanali ravishda kuzatildi.


Aytish joizki, oromgohda dam olish uchun har bir yo‘llanmaning 70 foizi Mudofaa vazirligi tomonidan, qolgan 30 foizi harbiy xizmatchilar tomonidan to‘langan. Muhimi bolalarning oromgohda vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, foydali va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishlari, mutolaaga oshno bo‘lib, ko‘plab do‘stlar orttirishlari, asosiysi o‘tgan vaqtlariga achinmasliklaridir.


Bolajonlarni kuzatish tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Marosimda janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi maʼsul ofitserlari, harbiy qism komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va bolajonlarning ota-onalari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, bolalarga oq yo‘l tilashdi. Termiz garnizoni harbiy orkestor jamoasining vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlari ostida bolajonlar kuzatildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun