Motivatsiyaga boy bo‘ldi…

Date:

Mashhur va muvaffaqiyatga erishgan sportchilarning yutug‘i haqida eshitish yoshlar uchun motivatsiya bo‘lishi, o‘z oldiga katta maqsad va marralarni qo‘yishga sabab bo‘lishi hech gap emas. Ayniqsa, jismonan nuqsoni bo‘lsa-yu, sportda championlikka da’vogar bo‘lsa… bunday sportchilar, albatta, barchani tushkunlikdan chiqarib, olg‘a intilishga kuch beradi. Ana shunday maqsadda “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida surxondaryolik paralimpiya sovrindorlariga bag‘ishlangan foto ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada taekwondo bo‘yicha Osiyo va jahon chempionati g‘olibi Guljanoy Naimova, para yengil atletika bo‘yicha xalqaro “Granpri” turniri, O‘zbekiston chempionati sovrindori Ma’rufjon Murodillayev kabi o‘nga yaqin sportchi yoshlarning erishgan yutuqlari aks etgan suratlar namoyish etilgan. Ko‘rgazmaga kelganlar maroq bilan tomoshaga berildilar. O‘z navbatida maxsus kuzatuvchi tomoshabinlarga sportchilar haqida batafsil ma’lumotlar berib, ularning erishgan g‘alabalari haqida so‘zlab berdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun