Shaftoli eksportga…

Date:

Mevalar g‘arq pishib, organizmimizning ularga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga urinyapmiz. Har bir meva va sabzavotning, poliz ekinlarining-da foydali xususiyatlari bor. Bozor rastalaridan joy olganlari dasturxonimizga ko‘rk berib turibdi. Erta bahordan harakatni boshlagan bog‘bon va mirishkorlarimiz esa xalqimizga tortiq etganidan ortganini eksportga yo‘naltirayotganlari yaxshigina daromad olishlariga xizmat qilayotir.
Turkiyalik investorlar tomonidan tashkil etilgan “SPN Humo agro” xorijiy korxonasining Termiz tumanida 106,3 gektar maydonda bog‘dorchiligi mavjud bo‘lib, shundan 28 gektariga “Bigben”, “Plana gold”, “Plana semir” kabi shaftolining ertapishar, hosildor navlari ekilgan. Pishib yetilgan shaftoli mevalari ayni damda qo‘shni davlatlarga eksportga chiqarilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun