“BUXORO POLVONLARI”DA SURXON POLVONLARI G‘OLIB…

Date:

Azaldan kurashlar, ko‘pkari-yu xalq o‘yinlari, sayllar uyushtirilib, xalqimiz ahli munosib ko‘ngil yozishgan. Ayniqsa, ana shunday milliy o‘yinlarimiz orqali mohir chopag‘onlar, nomdor polvonlar yetishib chiqqanki, ularning nomi ovoza bo‘lib, xalq orasida mashhur bo‘lgan. Bugungi kunda esa milliy bayramlar-u to‘ylarda ana shunday tadbirlar uyushtirilmasa, ko‘pni yig‘ishning imkoni ham, iloji ham yo‘qdek tuyiladi. Ammo, Buxoro viloyatining Buxoro shahrida erkin kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida “Buxoro polvonlari” xalqaro turnirining o‘tkazilgani nafaqat xalqni bir nuqtada birlashtirdi, balki nomdor polvonlarni ham chorlay oldi.


Maydonga tushgan polvonlar or uchun, o‘z hududining sha’ni uchun kurashdilar. Bor kuch va mahoratini ishga solib olishdilar. O‘z navbatida kuzatuvchilar uchun murosasiz kechgan vaziyatlarni kuzatish maroqli bo‘ldi. Nima bo‘lganda ham kurash surxondaryoliklarning foydasiga hal bo‘lgani esa quvonarli hol. 125 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan jarqo‘rg‘onlik Namoz Abdurashidov barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Namozning sherigi Asomiddin Xasanov ham bo‘sh kelmadi. U ham 74 kilogramm vazn toifasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

QONUNNI BILMASLIK JAVOBGARLIKDAN OZOD QILMAYDI

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan yerdan oqilona va...

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...
KunTun
KunTun