Tarvuz eksportga yo‘naltirilgan

Date:

Termiz tumanidagi “Gulbahor” mahallasi chekka hududda joylashgan bo‘lsa-da, u yerda ham hayot qaynaydi. Mahalliy aholi turmush tavishlari ila band bo‘lib, u yoki bu yumush bilan band. Asosiy mashg‘uloti esa sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishdir.
Avval xabar berganimizdek, meva-sabzavotlar ham eng avval “Gulbahor”da pishib yetilib, bozor rastalarini to‘ldirgan edi. Poliz ekinlarini yetishtirishda ham gulbahorlik mirishkorlar ilg‘or. Endilikda ular tarvuzni qo‘shni respublikalarga ham eksport qilishmoqda.
“Gulbahor” mahallasida istiqomat qiladigan aholining foydalanishlari, sabzavot-poliz ekinlarini yetishtirishlari uchun hukumat qaroriga asosan yer maydonlari ajratib berilgan edi. Ana shunday imkoniyatdan unumli foydalangan Sherzod Bakirov ham 10 yil muddatga ijaraga olgan yer maydoniga tarvuzning “Dolbi” navini ekdi. Hozirda pishib yetilgan tarvuzlarini Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilishni boshlab yuborgan.
Ayni kunlarda “Gulbahor” mahallasidagi 400 gektar yer maydonda qovunning “Dakara”, “Aeroport” hamda tarvuzning “Dolbi” va “Xoll” navlari ekilgan. Pishib yetilgan mahsulotlar aholi iste’moli uchun mahalliy bozorlarga hamda qo‘shni davlatlarga eksportga yo‘naltirilmoqda. Shu kunga qadar gulbahorlik mirishkorlar 5000 tonnaga yaqin poliz mahsulotlarini MDH davlatlariga eksport qildi. Shuningdek, mahalla xonadonlarida issiqxonalar tashkil etilib, bu yerda pomidor, bodring bulg‘or qalampiri va boshqa sabzavot ekinlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun