GULBODOM MUNOSIB RAQIB

Date:

Ba’zilar matosidan-da, o‘ylagan kiyim-kechagini chiqara olmay andarmon bo‘lsa, qo‘li qul tikuvchi hatto mato qoldiqlaridan ham san’at asari yarata oladi. Sho‘rchilik Gulbodom Qorasherova ham ana shunday epli qizlardan. U mato qoldiqlarini-da isrof qilmaydi. O‘zi uchun kasb qilgan ishi esa sevimli mashg‘uloti. Gulbodomning qo‘liga mato parchalari, keraksiz buyumlar tushdimi, tamom o‘y-xayollaridagi kompozitsiyani tashqi olamga chiqarmay qo‘ymaydi. Bir-biridan chiroyli gullar yasab, ko‘rgan ko‘zni quvontiradi. Hunarmand qiz gilam to‘qishda ham ilg‘or. To‘qigan gilamlarini kuzatsangiz, ishiga tasanno o‘qiysiz. Sababi to‘qish texnikasi va nashqlar did va mahorat bilan amalga oshirilgan.
Hunarmand qiz mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan kasblar tanlovida ishtirok etib, o‘z ishiga munosib baho olishni istadi. Shunday bo‘ldi ham. Gulbodomning ijodiy namunalari tuman bosqichida faxrli 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Bundan anglashiladiki, tanlovning viloyat bosqichi ishtirokchilar uchun oson kechmaydi. Sababi Gulbodomdek raqobatchilari bor-da.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun