“Suvchilar maktabi” tashkil etiladi

Date:

Suv obihayot, tiriklik manbai. Uni asrash, tejash haqida tinimsiz bong uriladi. Axir suv ham bir kuni tugaydi. Uni tejash bo‘yicha esa zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalangan holda yangidan-yangi loyihalar amaliyotga tadbiq etilmoqdaki, bu bilan maqsadga erishish yanada oson. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Suvchilar maktabi” loyihasining tashkil etilishi ana shunday maqsadga xizmat qiladi.
“Agrobank” ATB, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu loyiha qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga katta imkoniyat beradi. Ular o‘z sohalarida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, sohada rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotiga joriy etilayotgan yangi bilim va ko‘nikmalarni egallagan holda, o‘z faoliyatlarini takomillashtirib, suvdan samarali foydalanish orqali yuqori hosildorlikka erishishlari mumkin.
Aytish kerakki, dastur doirasida respublikamiz bo‘ylab 5 ta guruhdan iborat maxsus mashinalarda mutaxassislar guruhi yuboriladi. Yaqin orada 60 000 ta fermer va 4 000 dan ortiq suv maxsus xizmat xodimlari (miroblar) ni bosqichma-bosqich o‘qitish reja qilingan. Buning uchun esa “Suvchilar maktabi”dan ro‘yxatdan o‘tish, o‘quvlarga yozilish kifoya.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun