Umarali endi milliy terma jamoada to‘p suradi

Date:

Futbol millionlar o‘yini deyishadi. Haqiqatan ham shunday. Futbolda muvaffaqiyatga erishish qiyin vazifadek tuyilardi. Ammo, bir necha yildirki, o‘zbek futbolchilari ham o‘z mahoratini ko‘rsatib kelmoqda. Bu esa albatta, har bir yurtdoshimizni g‘ururlantiradi.
Hududlarda yetishib chiqayotgan yosh futbolchilarni tanlash, iste’dodlilarini kashf etish uchun sport maktablarida futbolchilar tayyorlanayotir. Ularga berilgan imkon esa shubhasizki, muvaffaqiyat garovi bo‘lib xizmat qilayotir. Surxondaryo viloyati terma jamoa sardori Denov tuman sport maktabi tarbiyalanuvchisi Umarali Panjiyev ham ana shunday tirishqoq yoshlardan. Uning futbol maydonidagi harakatlari jamoani g‘alaba sari olib boradi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Umarali musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilib, O‘zbekiston chempioni bo‘ldi va Surxon Professional futbol klubidan U-17 milliy terma jamoasiga qabul qilindi.
Miliy terma jamoa tarkibida harakatlanuvchi surxon o‘g‘lonidan kelgusida eng yuqori natijalarni kutib qolamiz.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun