Muammolar bartaraf etilmoqda

Date:

Zo‘rg‘a ro‘zg‘or tebratib, uy-joyini ta’mirlashga, boshqa ehtiyojlarini qondirishga imkoni yetmayotgan oilalar ham yo‘q emas. Bunga esa sabablar bisyor, ijtimoiy himoyaga muhtojlik, nogironlik… bunday oilalar esa e’tibordan chetda emas. Birinchi qadam sifatida Angor tumanida mas’ullar tomonidan aholining muammolarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida “xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borildi. Shundan so‘ng, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan xonadonlar ro‘yxati shakllantirildi.
Natijada esa aniqlagan 12 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilasida nogironligi bo‘lgan ayollarning yashash uylari ta’mirlab beriladigan bo‘ldi. Buning uchun 256 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ayni paytda esa ushbu xonadonlarda ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Xotin-qizlarni tinglab, ko‘ngliga qo‘l solib, muammolarini bartaraf etayotgan mas’ullardan xonadon egalari mamnun.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun