Xodimlarga maqom qo‘yib berish taklif qilinmoqda

Date:

Odatda uy yumushlarini bajarayotib, radio yoki telefonimning qulog‘ini burayman-da, ajoyib kuy-qo‘shiqlar tinglab yanada jonlanaman. Qarabsizki, zerikish ham o‘z-o‘zidan yo‘qolib, zumda ishimni tugataman. Kayfiyatim ham chog‘ bo‘lib, tanam charchoq sezmaganday bo‘ladi. Mana musiqaning, san’atning kuchi va sehri. Menimcha, ko‘pchilik shu yo‘lni tutib, yumushlarga sho‘ng‘isa kerak.
Madaniyat va turizm vazirligi “Ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining ish vaqti va dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish hamda madaniy saviyasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Hujjat loyihasi bilan respublikada mavjud barcha ishlab chiqarish korxonalariga ish kuni boshlanishi va tugashi paytida milliy kuy va qo‘shiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishi amaliyotini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilayotir.
Tinib-tinchimagan odamlar-ey nimalarni o‘ylab topishmaydi dersiz, ammo ish koeffitsiyentini oshirib, ishchi-xodimlarga zavq-shavq bag‘ishlaydigan, tashabbus va g‘oyalar, albatta qo‘llab-quvvatlansa, nur ustiga nur. Ha aytgancha, ushbu qaror loyihasiga 211 ta kuy va qo‘shiq ro‘yxati ham ilova qilingan.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...

Ochiq muloqot – muammolar yechimiga xizmat qilmoqda

Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning murojaat va takliflarini...

Bayram bayramdek o‘tsin!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan aholi gavjum joylarda xavfsizlikni...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon oyining ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ruhini targ‘ib etish...
KunTun
KunTun